Google Play

Google Play
Ishlab chiquvchiGoogle
Chiqarilgan sana22 oktabr 2008-yil
Operatsion tizimAndroid, MIUI
LitsenziyaPropriet
Vebsayt:play.google.com

Google Play Store (shunchaki — Play Store yoki — Play Market nomi foydalaniladi; sobiq nomi — Android Market) — ilovalar doʻkoni, shuningdek Google shirkatidan oʻyinlar, kitoblar, musiqa va filmlar doʻkoni, uchinchi tomon kompaniyalariga, Android operatsion tizimli qurilmalar egalariga turli ilovalarni oʻrnatish va sotib olish taklif qilish imkonini beradi. Ilovalarni nashr qilish imkonini beruvchi dasturchi akkaunti 25 dollar turadi[1]. Pullik ilovalar barcha mamlakatlardagi dasturchilar nashr etolmaydi.

Google Play orqali yuklab olinadigan dasturlar pullik yoki bepul boʻlishi mumkin. Ilovalarni Android qurilmaga toʻgʻridan toʻgʻri Google Play Store mobil ilovasi orqali yoki ilovani Google Play vebsaytidan qurilmaga yuklab olish oraqli oʻrnatish mumkin. Ilovalar qurilma imkoniyatlaridan foydalanadigan boʻlishi ham mumkin. Masalan, harakat bilan bogʻliq oʻyinlar uchun qurilmaning harakat sensorlaridan yoki onlayn video qoʻngʻiroqlar uchun telefonning old kamerasidan foydalanishi mumkin. Google Play doʻkonida 2016-yilda 82 milliarddan ortiq ilovalar yuklab olingan va 2017-yilda 3,5 milliondan ortiq ilovalar chop etilgan boʻlsa, ilovalar tozalanganidan keyin bu koʻrsatkich yana 3 milliondan oshdi[2].

  1. „How to use the Play Console — Play Console Help“. 2020-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.
  2. „Number of Android applications on the Google Play store“ (en). appbrain.com. 2017-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Nelliwinne